“AVTOOYNA” MÇJ HAQIDA
“Avtooyna” MÇJ uzoq
yillar davomida yuqori sifatli va xavfsiz avtomobil oynalarini işlab çiqariş
bozorida öz örnini mustahkamlab, munosib obrö-e’tiborga ega böldi. Korxonaning yillik işlab çiqariş hajmi 420 ming donadan ortiqni taşkil etadi. Işlab çiqariş jarayonlarida dunyoga maşhur Bystronic Glass (Şveytsariya), Cugher Glass, Ctriulzi, Mario Argiro, Kera Glass (Italiya), Glassrobots, Pilkington (Finlyandiya) va Vetrotool (Ispaniya) kompaniyalarining zamonaviy texnologiyalaridan foydalaniladi.
Yuqoridagi körsatkiçlar korxonamiz nafaqat Özbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda avtomobil oynalari işlab çiqariş sanoatining yetakçi korxonalaridan biri ekanligini körsatadi.
Korxonaning tarixi
“Avtooyna” MÇJ tarixi 1998-yildan boşlanadi. Özbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-oktabrdagi qaroriga muvofiq,
korxonada xavfsiz avtomobil oynalarini işlab çiqariş yölga qöyilgan.
Bundan közlangan asosiy maqsad mahalliylaştiriş jarayonini rivojlantiriş, ya’ni
Asaka avtomobil zavodida (hozirgi “UzAuto Motors” AJ) işlab çiqarilayotgan
avtomobillarni oyna bilan ta’minlaş hamda avtomobil sanoati uçun zarur butlovçi
qismlarni mahalliy şaroitda işlab çiqarişni özlaştirişdan iborat edi.
Mahsulotlar assortimenti
Bugungi kunda korxonamizda işlab çiqarilayotgan
mahsulotlar assortimenti 150 dan ortiq turni taşkil etadi. Uşbu mahsulotlarning
asosiy qismini “UzAuto Motors” AJ avtomobillari uçun möljallangan xavfsiz
avtomobil oynalari taşkil qiladi. Ular General Motors kompaniyasining GMW 3136
global işlab çiqariş standarti talablariga muvofiq işlab çiqariladi.
Şuningdek, mahsulotlar assortimentidan “SamAvto” MÇJ,
“MAN Auto Uzbekistan” qöşma korxonasi, “Toşkent qişloq xöjaligi maşinalari
zavodi” AJ va boşqa işlab çiqaruvçilarning turli rusumdagi transport vositalari
uçun möljallangan xavfsiz avtomobil oynalari ham örin olgan.
Korxonada mijozlarning individual buyurtmalari asosida
deyarli barça turdagi avtomobil oynalarini qisqa muddatlarda tayyorlab beriş
imkoniyati mavjud.
Sifat va xavfsizlik — ustuvor vazifamiz.
Biz faoliyatimizning har bir bosqiçida — oyna işlab çiqarişdan
tortib, uning yillar davomida sifatli va işonçli xizmat qilişigaça bölgan
jarayonlarda yuqori natijalarga erişişga intilamiz.
Mahsulotlar sifatini nazorat qiliş avtomobil
oynalari işlab çiqariş sanoatida qabul qilingan xalqaro standartlar hamda
korxonaning içki talablari asosida amalga oşiriladi.
Korxonamizning muhim ustunliklaridan biri —
akkreditatsiyadan ötgan sinov laboratoriyasiga ega ekanligidir. Laboratoriya
mutaxassislari tomonidan mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligi,
xavfsizligi va haydovçi uçun yetarli darajada köriş imkoniyatini ta’minlaşi
yuzasidan zarur sinovlar va tekşiruvlar ötkaziladi.
Zamonaviy texnologiyalar
Korxonamizda xavfsiz avtomobil oynalarini işlab çiqarişda
Yevropa davlatlarining yetakçi kompaniyalari tomonidan qöllaniladigan ilğor
texnologiyalarga alohida e’tibor qaratiladi.
Old avtomobil oynalarini işlab çiqarişda
Finlyandiyaning PILKINGTON va GLASSROBOTS texnologiyalaridan foydalaniladi. Uşbu
texnologiyalar avtomobil kuzovi ölçamlariga aniq mos keladigan mahsulotlar işlab
çiqariş imkonini beradi.
Termik işlov beriş orqali toblangan oynalarni işlab çiqarişda
Italiyaning MARIO ARGIRO va Ispaniyaning VETROTOOL texnologiyalari qöllaniladi.
Bu texnologiyalar belgilangan parametrlarga mos, içki kuçlaniş taqsimoti va
geometrik oğiş körsatkiçlari nazorat qilingan oynalar işlab çiqarişga xizmat
qiladi.
Şveytsariyaning BYSTRONIC texnologiyalari yordamida esa
yuqori aniqlikdagi ölçamlarga ega bölgan yarim tayyor şişa mahsulotlarini işlab
çiqariş imkoniyati yaratilgan.
Malakali mutaxassislar — taraqqiyot garovi.
Korxonamizning texnik xodimlari jamoasini yuqori
malakali mutaxassislar taşkil etadi. Ular Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va
Rossiya Federatsiyasida muntazam ravişda malaka oşirib, öz bilim va könikmalarini
takomillaştirib boradilar.
Korxona xodimlarining kasbiy tayyorgarligini oşirişga
doimiy e’tibor qaratiladi. Bunda nazariy bilimlarni çuqurlaştiriş, amaliy könikmalarni
rivojlantiriş va kasbiy malakani takomillaştiriş ustuvor vazifalardan
hisoblanadi.
“Avtooyna” MÇJ zamonaviy texnologiyalar, sifatli mahsulotlar, malakali
mutaxassislar va doimiy rivojlaniş tamoyillariga tayangan holda, avtomobil
sanoati uçun işonçli hamkor bölib qolişga intiladi.