O'zbekiston Respublikasi, 150100, Farg'ona sh. Istiqlol ko'ch. 1A uy.
Tel: (99873) 243-38-86, Faks: (99873) 243-48-17
Е-mail: info@avtooyna.uz

   
Asosiy    "UZB Yoshlar ittfoqi"   Yangiliklar

 


 

Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi  to’g’risida”

        O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.02.2017 yildagi PF-4947 sonli farmoni bilan tasdiqlangan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi talablari asosida “Avtooyna” MChJ korxonasida amalga oshiriladigon tadbirlar Rejasining 1-2 chi bandlari ijrosida ta’minlash maqsadida Ma’naviyat va marifat bo’limi bilan hamkorlikda korxona “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Boshlang’ich tashkilot Kengashi a’zolari va korxonada ishlayotgan xodimlar va yoshlar ishtirokida 27.04.2017 yil kuni Majlislar zalida Tadbir o’tkazildi. Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Bugun biz halqimizni ishontirib, baland ovoz bilan aytishimiz zarurki, buyuk ustozimizning siyosiy merosi, ya’niy u kishi belgilab bergan taraqqiyotimizning asosiy tamoyillari, ustivor yo’nalishlari, maqsad va vazifalari so’zsiz va to’liq amalga oshirish biz uchun ham qarz, ham farzdir” so’zlari bilan boshladi. Ma’naviy-marifiy tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljalanganiqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi, tinglandi. Yeg’ilishni Ma’naviyat va marifat bo’limi boshlig’i Maxamadjon Bannopov o’z so’zi bilan davom etdirib ishtirokchilarni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi farmonning 4-bob Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risidagi bo’limining ma’no mazmun-mohiyati va unda belgilangan ustuvor yo’nalishlarni yoshlarga alohida sharxlab berdi. Boshlang’ich tashkilot Kengashi raisi Teshaboev B. so’zga chiqib Yurtboshimiz tomonidan 2017-2021 yillarida O’zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgani yurtimiz rivoji, halqimiz farovonligi, huquq manfaatlari ustunligi va buyuk kelajagimizni yanada mustahkamlashga qaratilganligi bilan ahamyatlidir deb Harakatlar strategiyasining 4.5. bandi Yoshlarga oid davlat siyosatini  takomillashtirish: aynan biz Etakchilarga yoshlarni jismonan sog’lom, ruxan aqlan rivojlangan , mustaqil fikirlaydigon, vatanga sodiq Qat’iy xayotiy nuqtaiy nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatni rivojlantirish jarayonida  ularning ijtimoiy faoligini oshirishda fa’ol ishtirok etish talab etiladi deb takidladi.

img_3086.jpg img_3098-1.jpgimg_3140-1-1.jpg