O'zbekiston Respublikasi, 150100, Farg'ona sh. Istiqlol ko'ch. 1A uy.
Tel: (99873) 243-38-86, Faks: (99873) 243-48-17
Е-mail: info@avtooyna.uz

   
Asosiy    Kasaba uyushmasi qo'mitasi   Yangiliklar

 


 

Yangiliklar

 

Ayollar hamisha e’zozda!

        «Avtooyna» MChJ da 2017 yil «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» ga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi. Tadbirni “Ma’naviyat va marifat” bo’limi mutaxassisi Z.I.Sirojiddinov ochib, tabrik uchun korxona direktori M.A.Atabaevga so’z berdi. Korxona direktori barcha ayollarni bahorning eng go’zal bayrami bo’lmish “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan muborakbot etdi va bugungi kunda jamiyatda ayollarni tutgan o’rni, erishayotgan yutuqlari haqida gapirarkan, korxonamiz ayollarining Vatanimiz ravnaqi yo’lidagi barcha ezgu ishlarni sanab o’tdi. Ularga o’zini dil izhorlarini bildirgan holda korxonaning barcha  erkaklari nomidan tabrik yo’lladi.

        Shundan so’ng so’zga taxnik masalalar bo’yicha direktor o’rin bosari Sh.T.Tursunov chiqib, ayollarni bayram bilan tabrikladi. Korxonada mehnat qilayotgan 168 nafar ayollarga, shu jumladan kasanachi ayollarga ham “ONIKS – Toshkent” MChJ da ishlab chiqarilgan idish buyumlaridan 2 komplektdan bayram sovg’asi topshirildi.

     IMG_2762       img_2772.jpg

 


         

2017-yil 15-fevral kuni Farg'ona shahrida joylashgan “Avtooyna” MChJ mehnat jamoasining konferensiyasi bo’lib o’tdi.

     img_2665.jpg       img_2682.jpg

          2017-yil 15-fevral kuni Farg’ona shaharida joylashgan “Avtooyna” MChJ da 2016-2018 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2016-yilida bajarilishi bo’yicha va jamoa shartnomasiga qo’shimchalar kiritish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Konferensiyada O’zbekiston metallurgiya va mashinasozlik  sanoati tarmoqlari xodimlari, kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi A.M.Xaqulov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining madaniy-ma'rifiy va sport ishlario bo’limi bosh mutaxasisi E.Raxmonova, Farg’ona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlshmasi kengashi raisi T.Y.Sarimsoqov, Farg’ona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlshmasi kengashi Mehnatkashlarning ijtimoiy iqtisodiy manfaatlari himoya qilish bo’limi mudiri M.B.Akramova, Tarmoq kasaba uyishmalari qo’mitasi raislar kengashi raisi T.Xomidovlar hamda korxona bo’limlaridan saylangan 46 nafar delegatlar va korxona raxbariyati ishtrok etilar.

          Konferensiya ishida korxona direktorining o’rin bosari Sh.T.Tursunov, kasaba uyishmasi qo’mitasi raisi M.K.Akbarov, yuridik bo’lim boshlig’i O.S.Axmedovlar so’zga chiqib, 2016 yilda «Avtooyna» MChJ jamoa shartnomasi bajarilishi xaqida ma’ruza va jamoa shartnomasining 2016 yilda bajarilishi bo’yicha tekshiruv dalolatnimasini delegatlari o’qib eshittirdilar.

          Konferensiya davomida korxona Xotin-qizlar qo’mitasi raisi L.Xamroqulova, “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti etakchisi B.Teshboev, delegat A.Abduazimovlar so’zga chiqib, jamoa shartnomasining bandlarini 2016 yilda bajarilishini qoniqarli deb baho berdilar va jamoa shartnomasiga qo’shimcha kiritish sifatida o’z takliflarini berdilar.

          Konferensiyada taklif etilgan mehmonlarni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo’limi bosh mutaxasisi E.Raxmonova, Farg’ona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi T.Y.Sarimsakov, “O’zmetmashsanoat” RK raisi A.M.Xaqulovlar so’zga chiqib, bugungi kunda Prizidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yaratiliyotgan sharoitlar, inson ma’nfatlari uchun qiliniyotgan ishlar borasida yilg’ilish ishtirokchilariga aytib o’tdilar.

          Konferensiya yakunida  “O’zmetmashsanoat” RK raisi A.M.Xaqulov korxona rahbariyati «Ishlab  chiqarishda mehnat xavfsizligini tashkillashtirish va ishlab chiqarish madaniyatini oshirish» ko’rik-tanlovining “Eng yaxshi brigada” nomenatsiya bo’yicha 2-o’rinni egalagan “Kesish va oldindan ishlov berish uchastkasi” ning Diplomini tantali ravishda topshirda.

     img_2683.jpg       img_2669.jpg

     img_2689.jpg       img_2690.jpg

     


        

“O'z kasbining mohir egalari” ko’rik-tanlov 

III-bosqichning taqdirlash tadbiri bo’lib o’tdi.

      Joriy yilning 13-dekabr kuni O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining “O’z kasbinig mohir egalari” ko’rik-tanlovi III-bosqichning taqdirlash tadbiri Toshkent shahrida yuksak saviyada o'tkazildi. Ushbu tadbir Toshkent shahridagi O’zbek milliy drama teatrida o’tkazildi.

      Ko’rik-tanlov “Avtooyna” MChJ kesish va oldindan ishlov berish uchastkasi sozlovchisi Abduazimov Abdutolib Abdusamatovich qatnashib, g’oliblar qatoridan o’rin oldi.

      Ko’rik-tanlov g’oliblari O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T.K.Narbaev boshchiligida estalik sovg’alarni va diplomlari topshirildi.

     “Eslatib o’tamiz, “O’z kasbinig mohir egalari” ko’rik-tanlovi II-bosqichi joriy yilning 8-noyabr kuni Samarqand shahridagi “SamAuto” MChJ boshlang’ich tashkilotida 50 ga yaqin kasaba uyishma hodimlari, faollari hamda 11 nafar ko’rik-tanlov g’oliblari ishtirokida bo’lib o’tgan edi. Ushbu ko’rik-tanlovda ham “Avtooyna” MChJ kesish va oldindan ishlov berish uchastkasi sozlovchi Abduazimov Abdutolib Abdusamatovich qatnashib, g’oliblikni qo’lga kiritgan edi.

      “O’z kasbinig mohir egalari” ko’rik-tanlovi III-bosqichining g’olibi Abduazimov Abdutolib Abdusamatovichga ish faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz, bundanda yuqori mavqelarga erishishiga tilakdoshmiz.

                  9_kh_12.jpg                      диплом Абдуазимов

   Abduazimov Abdutolib

        Abdusamatovich

 


 

                   “Avtooyna” MChJ da O’zbekiston Respublikasi Davlat ramzlariga bag’ishlangan “Vatanimiz ramzlari- millatimiz g’ururi” tanlovi o’tkazildi.

         2016 yil 14-sentyabrdagi  O’RK 406- sonly “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuning ijrosini ta’minlash va ushbu qonun doirasida yoshlarni qo’llab quvvatlash maqsadida “Avtooyna” MChJ kasaba uyushmasi qo’mitasi “Kamolot” YIH boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda 8-dekabr  O’zbekiston Respublikasi Konisitutsiyasi kuni arafasida korxonada O’zbekiston Respublikasi Davlat ramzlariga bag’ishlangan “Vatanimiz ramzlari-millatimiz g’ururi” tanlovi o’tkazildi.

        Tanlovda 26 nafar yoshlar qatnashib, 1-o’rini KvaOIB linyasi operatori Soliev Shavkat Nurmuhamatovich, 2-o’rini Toblash linyasi oyna yuklovchi Saidaliev Jahongir Bahtiyorovich, 3-o’rini Toblash linyasi brigadiri Hamroqulov Farhodbek Muhammadsidiqovich egalladilar. G’oliblar 7-dekabr kuni “Avtooyna” MChJ da o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Konisitutsiyasiga bag’ishlangan madaniy tadbirda munosib tag’dirlandilar.

20161207_113907 20161115_111012